Belarus Hukumati
Belarus Respublikasi Hukumati (belaruscha: Урад Рэспублікі Беларусь),
Belarus Respublikasi Vazirlar Kengashi (belaruscha: Савет Міністраў Рэспублікі Беларусь), Belarusda davlat hokimiyatining ijro etuvchi tarmogʻidir va u Belarus Prezidenti tomonidan tayinlanadi. Hukumat rahbari Belarus Prezidentidir, u hukumatning asosiy kun tartibini va vazirlarni boshqaradi. Belarus milliy assambleyasi BSSR Oliy Kengashining davomchisi boʻlib, Belarus uchun amaldagi parlament vazifasini oʻtaydi.
Vazirlar Kengashi
Quyida Vazirlar Kengashining 2020-yil iyundagi 30 aʼzosi, shuningdek, Prezident maʼmuriyati rahbari va Davlat qoʻmitalari raislari (ular vazir boʻlmasalarda, ammo Vazirlar Kengashi tarkibiga kiritilganlar) roʻyxati keltirilgan. Texnik jihatdan vazirlik hisoblanmaydigan idoralar yotiq harflarda yozilgan. Bosh vazir, Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari, Bosh vazir oʻrinbosarlari, iqtisodiyot, moliya va tashqi ishlar vazirlari, Prezident maʼmuriyati rahbari va Davlat nazorati qoʻmitasining raisi birgalikda Vazirlar Kengashi Prezidiumini tashkil etadilar. Ushbu amaldorlar sariq rangda koʻrsatilgan
Yana qarang
Manbalar
uz.wikipedia.org