Bel chigali




Bel chigali(plexus lumbalis) - dastlabki to'rtta bel nervlarining bo'linmalari (L1-L4) va oxirgi ko'krak nervi (T12) qo'shilishidan hosil bo'ladi.Bel chigali bel umurtqalarining ko‘ndalang o‘siqchalarini old tomonida, belning kvadrat mushagining oldingi yuzasida, katta bel mushagining orqa qismida joylashadi. Bundan tashqari, to'rtinchi bel nervining ventral shoxlari - bel-dumg'aza magistralidan dumg'aza chigaliga o'tadi.Bel chigalining nervlari asosan sonning old qismini innervatsiyalaydi.

Nerv chigali umurtqalararo teshiklar bo'ylab lateral hosil bo'ladi va katta bel mushagi orqali o'tadi. Uning kichikroq harakatlantiruvachi shoxlari to'g'ridan-to'g'ri katta bel mushagi sohasiga taqsimlanadi, katta shoxlari esa mushakni turli joylari orqali tos bo'shlig'i bo'ylab pastga yo'naladi.Chov boylami ostida qoladi va tos bo'shlig'idan yopqich teshigi orqali chiqadi.

Tarmoqlari



Yonbosh-qorin osti nervi (n. iliohypogastricus)belning kvadrat mushagi old tomonida lateral hamda qiyshiq ravishda yo'nalib katta bel mushak sohasi orqasiga o'tadi. Bu mushak yon tomondan qorinni ko'ndalangigateshib o'tib, qorinning ichki qiyshiq mushak qismi o'rtasidan yonbosh suyagi bo'ylab o'tadi. Bu tarmoq bir nechta harakat shoxlari va lateral son terisiga sezgi shoxlarini beradi. Keyin uning terminal tarmog'i chov boylamiga parallel ravishda o'tib , qorin bo'shlig'i tashqi qiyaligining aponevrozidan tashqi chov halqa ustiga chiqadi va terisini innervatsiyalaydi.

Yonbosh-chov nervi (n. ilioinguinalis)belning kvadrat mushagi ustidagi n. iliohypogastricus orqali borib,keyin uning ostidan o'tadi. Bu nerv qorinning ko‘ndalang va ichki qiyshiq mushaklari o‘rtasidan o‘tib, qorinning lateral gumh mushaklarini innervatsiya qiladi va chov kanaliga kiradi. Chov kanalining tashqi teshigidan chiqqach erkaklarda yorg‘oqning oldingi nervlari (nn. scrotales anteriores) bo‘lib, chov va qov sohasi, erlik olati ildizi, yorg‘oq terisini, ayollar jinsiy lablarining oldingi nervlari (nn. labiales anteriores) bo‘lib, katta jinsiy lablar terisini innervatsiya qiladi.

Son-jinsiy nervi (n. genitofemoralis) katta bel mushagini teshib o‘tib ikki: jinsiy va son tarmoqlariga bo‘linadi.Jinsiy tarmog‘i (r. genitalis) chov kanaliga kirib erkaklarda moyakni ko‘taruvchi mushakni, moyakning go‘shtdor pardasi va terisini,sonning medial yuzasi terisini innervatsiya qiladi. Ayollarda esa bachadonning yumaloq boylamini, katta jinsiy lablar terisini, shuningdek son kanali tashqi teshigi sohasi terisini innervatsiya qiladi. Son tarmog‘i (r. femoralis) tomirlar sohasi botig‘idan o‘tgach, son uchburchagi sohasiga o'tadi va terisini innervatsiya qiladi.

Son terisining lateral nervi (n. cutaneus femoris lateralis) katta bel mushagining lateral chekkasidan chiqib, yonbosh mushagining oldidan pastga yo'naladi. Chov boylamining lateral qismi ostidan songa o‘tib, son terisini tizza bo‘g‘imigacha innervatsiya qiladi.

Yopqich nerv (n. obturatorius) katta bel mushagidan pastga yo‘nalib, kichik chanoq bo‘shlig‘iga tushadi. Yopqich kanal orqali o‘tib, sonning yaqinlashtiruvchi mushaklari o‘rtasiga chiqadi va ikki tarmoqqa bo‘linadi. Oldingi tarmoqning (r. anterior) mushak tarmoqlari (rr. musculares) taroqsimon, sonni yaqinlashtiruvchi uzun va kalta mushaklarini innervatsiya qiladi. Uning teri tarmog‘i (r. cutaneus) sonning medial yuzasi terisini innervatsiya qiladi. Orqa tarmoqning (r. posterior) mushak tarmoqlari (rr. musculares) sonni yaqinlashtiruvchi kalta mushakni orqasidan o'tib, tashqi yopqich va sonni yaqinlashtiruvchi katta mushakni innervatsiya qilsa, uning bo‘g ‘im tarmog‘i (r. articularis) chanoq-son bo‘g‘imi xaltasini innervatsiya qiladi.

Son nervi (n. femoralis) bel chigalining eng kattasi va eng uzunidir.U katta bel va yonbosh mushaklarining o‘rtasidagi egat orqali son uchburchagiga chiqadi. Chov boylamidan chiqib quyidagi tarmoqlarga bo‘linadi:

a) mushak tarmoqlari (rr. musculares) tikuvchilar mushagi, taroqsimon mushak va sonning to‘rt boshli mushagini innervatsiya qiladi;

b) oldingi teri tarmoqlari (rr. cutanei anteriores) 3-5 ta bo‘lib, sonning oldingi medial yuzasi terisini innervatsiya qiladi;

d) teri osti nervi (n. saphenus) tizza bo‘g‘imining medial yuzasi, tizza qopqog‘i, boldiming yuqori qismi oldingi yuza terisini innervatsiya qiladi.Sonda u ko'p sonli sezuvchi va mushak shoxlariga va to'g'ridan-to'g'ri nervga bo'linadi, uning oyoqgacha davom etadigan uzun sezgir terminal shoxlarini beradi.

Qo'shimcha rasmlar




Eslatmalar




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Sun'iy intellekt javobi:

Bel chigali — bu bel sohasida joylashgan tibbiy muammo bo‘lib, bel sohasidagi intervertebral disklarning yoki umurtqalarning shikastlanishi yoki boshqa patologik holatlari natijasida yuzaga keladi. Ushbu muammo ko‘pincha bel sohasida og‘riq, noqulaylik, harakatda qiyinchilik keltirib chiqaradi.

Bel chigalining sabablari

  1. Disklarning shikastlanishi (protruziya, herniya) — orqa umurtqalar orasidagi disklar yirtilib, umurtqa yoki orqa miya nervlariga bosim qilishi mumkin.
  2. Mushak va ligamentlarning shikastlanishi — og‘ir jismoniy ishlar, noto‘g‘ri holatda yurish yoki uzoq vaqt noto‘g‘ri o‘tirish natijasida yuzaga keladi.
  3. Orqa umurtqaning deformatsiyasi (skolioz, lordoz, kifozi) — umurtqalar noto‘g‘ri joylashuvidan og‘riq paydo bo‘lishi mumkin.
  4. Yoshi bilan bog‘liq o‘zgarishlar — umurtqalar va disklarning qarishi, qo‘shimcha suyak o‘sishlari (osteofitlar) bel chigaliga olib kelishi mumkin.
  5. Orqa sohadagi yallig‘lanish yoki infeksiyalar — kamdan-kam holatlarda bel sohasida yallig‘lanish yoki infektsiyalar ham sabab bo‘ladi.

Belgilari

Davolash usullari

Oldini olish

Bel chigali muammolari bo‘yicha shifokor-nevropatolog yoki ortoped bilan maslahatlashish tavsiya etiladi, chunki bel sohasida yuzaga kelgan og‘riqlar boshqa jiddiy kasalliklar belgisi bo‘lishi mumkin.



Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz