Bekzod Abdurahmonov
Bekzod Mahamadjonovich Abdurahmonov (1990-yil 15-martda) — oʻzbek erkin kurashchisi, 2014-2018-yillarda Osiyo oʻyinlari ikki karra chempioni, ikki karra Osiyo chempioni, jahon chempionati sovrindori, 2016-yil Rio-de-Janeyrodagi Olimpiya oʻyinlari ishtirokchisi sanaladi hamda Tokio Olimpiadasining bronza medali sovrindori. Keyinchalik sport sohasidagi yutugʻi tufayli Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi va „Shuhrat“ medali bilan taqdirlangan.
Tarjimai hol
U 1990-yil Toshkentda tugʻilgan. 2012-2013- yillarda xalqaro New-York Atletic janglarida 4-oʻrinni egallagan. 2014-yilda u Deyv Shuls xotirasiga bagʻishlangan turnirning kumush medali va Osiyo oʻyinlari chempioni, shuningdek, jahon chempionatining bronza medali sovrindori boʻldi. 2015-yil Bokudagi Oltin Gran-pri finalida gʻalaba qozondi.
2016-yilda u tailandlik Padipat Vantavong, latviyalik Albert Yurchenko, avstriyalik Amirxon Visalimov, qirgʻizistonlik Sayakbay Usupov va ispaniyalik Taymuraz Friyevni magʻlubiyatga uchratib, Rio-de-Janeyro Olimpiya oʻyinlariga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi. Ammo 1/8 finalda rossiyalik Aniuar Geduyevga, uchinchi oʻrin uchun kurashda ozarbayjonlik Jabroil Gasanovga yutqazib, finalga chiqa olmadi.
2018-yil Budapeshtda oʻtkazilgan erkin kurash boʻyicha jahon chempionatida Abdurahmonov ikkinchi bronza medalini qoʻlga kiritdi.
Manbalar
uz.wikipedia.org