Bektur Talgat Uulu




Bektur Talgat Uulu (1994-yil, 9-sentyabrda tugʻilgan) — qirgʻizistonlik professional futbolchi, I-liganing NEROCA jamoasida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.

Klubdagi faoliyati



2017-yil yanvar oyida Uulu Churchill Brothers klubi bilan shartnoma imzoladi.

Uulu oʻzining professional debyutini Hindistonda Cherchill Brothers jamoasi safida I-liga doirasida East Bengal klubiga qarshi oʻyinning ikkinchi boʻlimida Kingsley Fernandesning oʻrniga maydonga tushib oʻtkazdi, ammo jamoasining 2:0 hisobida magʻlub boʻlishiga toʻsqinlik qila olmadi. 2017-yil, 22-aprelda u Chennai City bilan oʻyinda toʻrtta gol urdi. 

2017-yilning avgust oyida Uulu Ummon Birinchi ligasining Sur SC klubi bilan bir yillik shartnoma imzoladi.

2018-yil yanvar oyida u Churchill Brothers klubiga qaytdi. U I-liganing 2017-18-yilgi mavsumida jami 10 ta oʻyin oʻtkazdi. Keyinchalik u Goa Professional Ligasining qolgan oʻyinlari uchun Churchill jamoasiga kiritildi. U 2017-18-yilgi mavsumdagi ilk golini FC Bardez klubiga qarshi oʻyinda (10:0) kiritdi.

2018-yil oktyabr oyida u Aizawl FC klubiga kelib qoʻshildi.

NEROKA



2022-yil avgust oyida Uulu I-ligadagi NEROCA klubida uch yildan soʻng Hindistonga qaytdi. 18-avgust kuni u Durand kubogi dirasida TRAU klubiga qarshi Imfal derbisida klub safida debyut qildi va 3:1 hisobida jamoasi bilan gʻalaba qozondi.

Xalqaro faoliyati



Qirgʻiziston milliy terma jamoasiga 2 marta chaqirilgan. Ammo 2019-yilning yanvar oyi holatiga koʻra, u hech qanday rasmiy oʻyinda ishtirok etmagan. 

Faoliyat statistikasi



Klub



2022-yil, 30-avgust holatiga ko'ra[12]

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz