Bektemir Meliqoʻziyev
Bektemir Roʻzmatjon oʻgʻli Meliqoʻziyev (1996-yil 8-aprelda, Oʻzbekiston, Fargʻona viloyati, Furqat tumani, Shoimbek qishlogʻi) — oʻrta, ikkinchi oʻrta va yengil vazn toifalarida ishtirok etuvchi oʻzbek professional bokschisi. Havaskorlar oʻrtasida Olimpiya oʻyinlari kumush medali sovrindori (2016), jahon chempionatining ikki karra sovrindori (2015, 2017) va ikki karra Osiyo chempioni (2015, 2017). Professionallar oʻrtasida 2-oʻrta vazn toifasida amaldagi WBO Inter-Continental (2020) va WBA Continental Americas (2019-2021) chempioni.
BoxRec reytingidagi eng yaxshi pozitsiya 25-oʻrin (2021-yil fevral) va super oʻrta vazn toifasidagi oʻzbek bokschilari orasida 1-oʻrinni egallagan. Asosiy xalqaro boks tashkilotlari reytingiga koʻra WBO reytingida 12-oʻrinni, WBA reytingida 15-oʻrinni va WBC reytingining 33-oʻrinni egallab, sayyoramizning eng yaxshi super oʻrta vaznli TOP-35 bokschilari qatoriga kirgan.
Biografiyasi
Bektemir Meliqoʻziyev Oʻzbekistonning Fargʻona viloyati, Furqat tumani, Shoimbek qishlogʻida tugʻilgan.
Havaskor boksdagi faoliyati
2014-yil yanvar oyida yarim oʻrta vazn toifasida (69 kg gacha) yoshlar oʻrtasida Osiyo chempioni boʻldi.
2014-yil aprel oyida yarim oʻrta vazn toifasida (69 kg gacha) yoshlar oʻrtasida jahon chempioni boʻldi.
2014-yil avgust oyida yarim oʻrta vazn toifasida (69 kg gacha) Oʻsmirlar Olimpiya oʻyinlari chempioni boʻldi.
2014-yilgi Oʻzbekiston chempionati
U bu musobaqada oʻrta vazn toifasida (75 kg gacha) ishtirok etdi. U chorak finalda Shuhrat Abdullayevni, yarim finalda Jaloliddin Oʻktamovni va finalda Xurshid Normatovni magʻlub etib gʻalaba qozondi.
2015-yilgi Osiyo chempionati
U oʻrta vazn toifasida (75 kg gacha) ishtirok etdi. 1/8 finalda u shri-lankalik Senai Navarathnani magʻlub etdi. Chorak finalda u qozog‘istonlik Janibek Alimxanulini magʻlub etib, yarim finalda eronlik Sajad Mehrabini magʻlub etdi. Va finalda hindistonlik Vikas Krishanni ham magʻlub etib gʻalaba qozondi.
2015-yilgi Jahon chempionati
Bektemir bu chempionatda oʻrta vazn toifasida (75 kg gacha) ishtirok etdi. 1/16 finalda gruziyalik Zaala Kvachatadzeni, 1/8 finalda fransiyalik Kristian Mbillini, Chorak finalda rossiyalik Petra Xamukovani va yarim finalda irlandiyalik Maykl OʼReylini magʻlub etib, finalda u kubalik Arlen Lopezga magʻlub boʻldi va 2-oʻrinni qoʻlga kiritdi.
2016-yilgi Jahon chempionati
2016-yilgi Jahon chempionatida Bektemir „Uzbek Tigers“ (Oʻzbekiston) jamoasini himoya qildi. U oʻrta vazn toifasida (75 kg gacha) janglar olib bordi. 2016-yil 22-aprelda rossiyalik Aleksandr Agafonovga magʻlub boʻldi.
2016-yilgi Olimpiada
Bu yilgi olimpiadada oʻrta vazn toifasida (75 kg gacha) ishtirok etgan Meliqoʻziyev 1/8 finalda avstraliyalik Daniel Lewis ustidan gʻalaba qozondi. Chorak finalda hindistonlik Vikas Krishan Yadav ustidan, Yarim finalda meksikalik Misael Rodrigues ustidan gʻalaba qozondi. Finalda kubalik Arlen Lopezga magʻlub boʻlib, 2-oʻrinni egalladi.
2017-yilgi Butunjahon boks seriyasi
Bu yilgi musobaqada Bektemir Meliqoʻziyev „Uzbek Tigers“ (O‘zbekiston) jamoasini himoya qildi. U yengil vazn toifasida (81 kg gacha) ishtirok etdi. 2017-yil 18-fevral kuni qozogʻistonlik Nurdaulet Jarmanovni magʻlub etdi. 2017-yil 18-mart kuni xitoylik Huang Jiabinni magʻlub etdi.
2017-yilgi Osiyo chempionati
Meliqoʻziyev 2017-yilgi Osiyo chempionatida yengil vazn toifasida (81 kg gacha) ishtirok etdi. 1/8 finalda eronlik Amin Ziadini, chorak finalda tojikistonlik Shabbos Negmatulloevni, yarim finalda u xitoylik Huang Jiabingni va finalda qozog‘istonlik Erik Aljanovni mag‘lub etib gʻolib boʻldi.
2017-yilgi Butunjahon boks seriyasi
2017-yilgi Butunjahon boks seriyasida „Uzbek Tigers“ (O‘zbekiston) jamoasini himoya qildi. U yengil vazn toifasida (81 kg gacha) ishtirok etdi. 2017-yil 19-may kuni kubalik Julio Sezar La Kruzga magʻlub boʻldi.
2017-yilgi Jahon chempionati
2017-yilgi Jahon chempionatida Meliqoʻziyev yengil vazn toifasida (81 kg gacha) ishtirok etdi. 1/8 finalda u rossiyalik Muslim Gadzhimagomedov ustidan va chorak finalda qozog‘istonlik Erik Aljanov ustidan gʻalaba qozongan Meliqoʻziyev yarim finalda irlandiyalik Jozef Uordga magʻlub boʻldi va ikkinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi.
2018-yilgi Butunjahon boks seriyasi
Bektemir Meliqoʻziyev 2018-yilgi Butunjahon boks seriyasida ham oldingi yillardagidek „Uzbek Tigers“ (O‘zbekiston) jamoasini himoya qildi. U yengil vazn toifasida (81 kg gacha) ishtirok etdi. 2018-yil 1-martda kolumbiyalik Diego Motoani, 2018-yil 7-aprel kuni venesuelalik Nalek Korvajani magʻlub etdi.
Professional faoliyati
Bektemir Meliqoʻziyev professional boksda faoliyatini olib borishini eʼlon qildi. Va u professional boksdagi debyutini 2019-yil 13-iyun kuni Martin Fidel Ríosga qarshi oʻtkazdi. 1-raundda nokaut bilan gʻalaba qozondi.
2021-yil 19-iyun kuni Meliqoʻziyev oʻzining eng qiyin raqibi, amerikalik sobiq bokschi Gabriel Rosado bilan jang qildi. U birinchi raunddayoq Rosadoni kuchli zarbalar berib, jangni nazorat qilayotgandek tuyuldi, ammo Rosado kutilmaganda uchinchi raundda Meliqoʻziyevni kuchli ustunlik bilan ushlab oldi va unga kuchli zarba berdi. Meliqoʻziyev oʻzini tiklay olmadi mgʻlub boʻldi. Sharhlovchilar va tahlilchilarning fikricha, bu nokaut yilning eng yaxshi nokautiga daʼvogar edi. 2023-yil 22-aprelda Gabriel Rosado bilan ikkinchi marta bellashdi. Va ochkolar boʻyicha gʻalaba qozondi.
2019-yilning 2-noyabr kuni Meliqoʻziyev Kley Kollardga qarshi professional jang oʻtkazdi. Meliqoʻziyev bir qancha ogʻir zarbalar bilan raqibini sekin-asta magʻlub etib, toʻrtinchi raundda texnik nokaut bilan gʻalaba qozondi. Meliqo‘ziyev 2019-yilning 13-dekabr kuni Von Aleksandrga qarshi jang qilganida professional sifatida birinchi marta muddatidan oldin gʻalaba qozondi..
2020-yil 14-fevral kuni Meliqoʻziyev Oskar Kortesga qarshi jang oʻtkazdi. Dastlabki raundda Meliqoʻziyev ustunlikni oʻz qoʻliga oldi. Jang davomida Kortes bir nechta zarbalarni amalga oshirishiga qaramay Meliqoʻziev ikkinchi marta raundda raqibini tanasiga ogʻir zarba berib, nokdaund holatiga tushirdi. Ikkinchi nokdaundan soʻng hakam Edvard Ernandes jangni tugatishga qaror qildi. Meliqoʻziyevning oltinchi professional jangi 2020-yil 30-oktyabr kuni Alan Kampaga qarshi boʻlib oʻtdi. Meliqoʻziyev uchinchi raundda nokaut bilan gʻalaba qozondi.
Meliqoʻziyev yarim ogʻir vazn toifasida sobiq chempion Sergey Kovalev bilan 2021-yil 30-yanvar kuni jang oʻtkazishi kerak edi, biroq Kovalyovda taqiqlangan modda borligi aniqlangach, jang bekor qilindi. Uning oʻrniga Meliqoʻziev 2021-yil 13-fevral kuni Morgan Fitch bilan jang qildi va bahsda Fitchni ikki marta nokdountga uchratib, uchinchi raundda nokaut bilan gʻalaba qozondi.
Professional boksdagi natijalari
Yutuqlari
Havaskor faoliyatida
Professional faoliyatida
Doping boʻyicha mish-mishlar
2021-yilning may oyida Bektemir Meliqoʻziyev bilan doping aniqlangani va 4 yilga mahalliy va jahon musobaqalaridan chetlashtirilgani haqida habarlar tarqalgan edi. Ammo, bu yolgʻon maʼlumot boʻlib, chetlashtirilishning sababi doping emas, balki, boshqa sabablar ekanligi aniq boʻldi.
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org