Bekor qilish sindromi




Bekor qilish sindromi  — bu preparat toʻxtatilganda yoki kamaytirilganda paydo boʻladigan va bemorning ahvolining yomonlashishiga sabab boʻladigan tananing javob reaksiyasi (preparatni qabul qilish toʻxtatilganda alomatlar yoki holatlarning rivojlanishi). Bekor qilish sindromi, shuningdek, har qanday psixofaol moddadan foydalanishni darhol toʻxtatish natijasida kelib chiqadi.

Misollar: antigipertenziv dori vositalari toʻxtatilgandan keyin qon bosimi ortishi; antianginal dorilarni bekor qilgandan soʻng angina kuchayishi. Yangi tugʻilgan chaqaloqda oʻtkir bekor qilish sindromining namoyon boʻladi, agar ona homiladorlikning uchinchi trimestrida fenobarbital olgan boʻlsa.

Bekor qilish sindromi uchun xavf omillari



Bekor qilish sindromi, birinchi navbatda, organizmda tez chiqariladigan dorilar uchun xarakterlidir. Dori organizmdan qanchalik tez chiqarilsa, bekor qilish sindromi shunchalik aniq namoyon boʻlishi mumkin.

Bekor qilish sindromi paydo boʻlish xavf omiliga nafaqat dori vositalarini darhol toxtatish bundan tashqari preparatning ketma-ket dozalarini intervallarga amal qilmay oʻzgartirish ham sabab boʻlishi mumkin. Bekor qilish sindromining turlaridan biri bu "nol soat fenomeni" (inglizcha zero-hour phenomenon): alomatlar ketma-ket dozalarni qabul qilish orasidagi interval katta boʻlganligi sababli yuzaga keladi. Oldingi dozaning taʼsiri tugaganidan keyin preparatning keyingi dozasini olish muddati choʻzilsa vujudga keladi. Yana bir oʻzgarish — bu rebound fenomeni (inglizcha rebound effect): bekor qilish sindromi preparatning tanadan juda tez chiqarilishi — baʼzi qisqa taʼsir qiluvchi dori-darmonlarni qabul qilganda yoki preparatni qoʻllash usuli buzulganda paydo boʻladi.

Baʼzi misollar



Bekor qilish sindromini rivojlanish xavfi yuqori boʻlgan dorilarga, xususan:

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz