Bekoʻgʻlisoy




Bekoʻgʻlisoy — Toshkent viloyati Bekobod tumanidagi soy. Qurama tizmasining gʻarbiy etagidan, 1000 m balandlikdan boshlanib, janubi-gʻarbga — Sirdaryo tomonga oqadi. Bekoʻgʻlisoy 4 ta irmoqning qoʻshilishidan hosil boʻladi, uz. 13 km. Bekoʻgʻlisoy juda kamsuv, yogʻingarchilik paytidagina toʻlib oqadi. Bekoʻgʻlisoy Bekoʻgʻli qishlogʻidan oʻtib qurib qoladi. Bekoʻgʻlisoy suvidan qisman sugʻorishda foydalaniladi.

Manbalar






uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz