Bekobod (Yangiqoʻrgʻon tumani)




Bekobod (ruscha: Бекабад) — Oʻzbekiston Respublikasi Namangan viloyati Yangiqoʻrgʻon tumaniga qarashli shaharcha. 2009-yilda shaharcha maqomi berilgan.

Tuman markazidan 13km uzoqlikda joylashgan. Yaqin temir yo'l bekati Chortoq tumanida joylashgan bo'lib 35km masofada. Qishloqqa bundan 300 yil muqaddam bu yerga ko'chib kelgan Saidbobo va Saidkalon Termiziylar asos solishgan. Qishloq ularning sharafiga shunday nomlangan. Maydoni 2430 gektar. Aholisi 5191(2010 - yil), qishloq xo'jaligi bilan shug'ullanadi. Bekobodning yerlari past tekislik va adirlik, tuprog'i bo'z-sariq, bahorda tez-tez sel bo'lib turadi. Bekobodsoy suvi, ichki buloqlar va yer osti suvlaridan ta'minlanadi.

Manbalar



Abdulla Jabbor, "Namangan viloyati", 2011.

uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz