BEKOBOD TSEMENT KOMBINATI



BEKOBOD TSEMENT KOMBINATI — O’zbekistondagi qurilish materiallari sanoatining yirik korxonasi. Bekobod shahrida. 1913 yilda Xilkova (hozirgi Bekobod) tsement zavodi sifatida qurila boshlagan. 1926 yil ishga tushirilgan. 1956 yil asbotruba zavodi bilan birlashtirilib, kombinatga aylantirilgan. 1959 yildan beri kombinat 2 marta rekonstruktsiya qilindi. Uning 5 ta texnologik liniyasi bor. Tsement, tekis va to’lqinsimon shifer taxtalar, asbosement quvurlari ishlab chiqaradi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz