Bekobod mahallasi




Bekobod mahallasi (Mehmondoʻst koʻchasi, 26-uy) — Uchtepa tumanidagi mahalla. Istirohat mavzesida joylashgan. „Istirohat“, „Shaftolizor“, „Qoryogʻdi“ va „Bogʻi Chinor“ mahallalri bilan chegaradosh. Mahalla nomi Toshkent janubi-gʻarbidagi qadimgi mavze nomidan olingan. 1968-yildan shahar tarkibiga qariyb, shu nom bilan atala boshlangan, aholisi asosan Shayhontohur dahasining shu hududda boʻlgan. Aholi soni ortishi bilan 2005-yilda mahalla 2 qismga: „Bekobod“ mahallasi va „Shaftolizor“ mahallasiga ajratilgan. Aholisi 2157 kishi, asosan oʻzbeklar (2009). Mahalla hududida oʻrta maktab, bolalar bogʻchasi, 'Ilm-hunar chasmasi" markazi, Yoshlar markazi, „Mahalla-muruvvat“ xotin qizlar tikuv sexi, 2 ta xususiy doʻkoncha, sartaroshxona, otalar choyxonasi mavjud. Mahallada naqqosh usta Maqsud Qosimov (1905-1965) istiqomat qilgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz