Bekmurodov To‘lqin Fayziyevich




Toʻlqin Fayziyevich Bekmurodov (1935.18.4, Toshkent) — energetika va mexanika sohasidagi olim, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademigi (2000), texnika fanlari doktori (1977), professor (1978). Moskva energetika institutini tugatgan (1958). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi "Kibernetika" ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi bosh direktori oʻrinbosari (1980–90), shu birlashmaning tizimli tadqiqotlar instituti laboratoriya mudiri (1997-yildan), Qarshi davlat universiteti rektori (1992—97). Ilmiy ishlari informatika, hisoblash texnikasi va avtomatlashgan boshqarish tizimlariga doir.

Adabiyotlar






uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz