BEKMURODOV TO’LQIN FAYZIYEVICH



BEKMURODOV TO’LQIN FAYZIYEVICH (1935.18.4, Toshkent) — energetika va mexanika sohasidagi olim, O’zbekiston Fanlar Akademiyasi akademik (2000), texnika fanlari doktori (1977), professor (1978). Moskva energetika institutini tugatgan (1958). O’zbekiston Fanlar Akademiyasi “Kibernetika” ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi bosh direktori o’rinbosari (198090), shu birlashmaning tizimli tadqiqotlar instituti laboratoriya mudiri (1997 yildan), qarshi davlat universiteti rektori (1992-97). Ilmiy ishlari informatika, hisoblash texnikasi va avtomatlashgan boshqarish tizimlariga doir.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz