BEKLARO’T



BEKLARO’T (Echinophorpa sibthoipiana) — ziradoshlar oilasiga mansub ko’p yillik o’t. Bo’yi 50 santimetrcha. Barglari murakkab, patsimon qirqilgan, bandi tarnovsimon. 5 — 6 tacha sarg’ish gullari kichik soyabon to’pgulni, ular esa yirik (murakkab) soyabon to’pgulni hosil qiladi. O’rta Osiyo, Kavkaz, Eron va kichik Osiyoda tarqalgan. Adirlarda o’sadi. Iyulda gullab, avg.da meva tugadi. Barglari mayda shoxchalari bilan birga xushbo’y ziravor sifatida ovqatga solinadi, ba’zan qatiqqa qo’shib ham ichiladi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz