Beklarbegi




Beklarbegi — yuqori maʼmuriy unvon va lavozim; viloyat, katta shahar hokimlari. B. lavozimi Oʻrta Osiyo mamlakatlari, Kichik Osiyo va Zakavkazye turkiy xalklarida 19 a. oxirigacha saqlangan. B.ning asosiy vazifasi soliqva b. majburiyatlarning oʻz vaqtida toʻlanishini taʼminlash, hukmdor farmonlarini amalga oshirish, tegishli masalalarni biy, otaliklar, oqsoqollar kengashi bilan kelishib xal etishdan iborat edi. B.lar qoʻl ostidagi viloyat (beklarbegilik)larda alohida vazir, shayxulislom, sadr, jonishin (beklarbegining muovini) kabi mansablar ham boʻlib, ular B.ga boʻysoʻnganlar. B.lar ayni vaqtda sarkarda hisoblanib, ularning qoʻl ostida yuzboshi va dahboshilar boʻlgan;

Adabiyotlar






uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz