BEKKEREL



BEKKEREL (Becguerel) — frantsuz fiziklari: 1) Antuan Sezar (1788 -1878) — Parij Fanlar Akademiyasi a’zosi. Ilmiy ishlari fluoressentsiya, fosforessentsiya, termoelektr, elektr kapillyarlik, moddaning magnit xossalari, kristallooptika, galvanik elementlar nazariyasi va moddaning elektr o’tkazuvchanligi masalalariga oid; 2) Aleksandr Edmon (1820-91) — Antuan Sezarning o’g’li, professor, Parij Fanlar Akademiyasi prezidenti (1880). Fotogalvanik effektni kashf qilgan, fosforessentsiya, fotokimyo, fotografiya, atmosfera elektri va hokazolar bilan shug’ullangan; 3) Antuan Anri (1852 — 1908) — Aleksandr Edmonning o’g’li. Parij Fanlar Akademiyasi a’zosi (1889). Qattiq jismlar fizikasi, pezoelektr hodisalari hamda yadro fizikasi sohalarida ishlagan. Uran tuzlarining tabiiy radioaktivligini kashf qilgan (1896). Nobel mukofoti laureati (1903; P. Kyuri va M. Sklodovskaya-Kyuri bilan birgalikda); 4) Jan (1878 — 1953) — Antuan Anrining o’g’li. Parij Fanlar Akademiyasi a’zosi. Kristallar optik va magnitooptik hodisalarining o’zgarishini tekshirgan hamda fotolyuminessentsiya bilan shug’ullangan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz