Bekjon Yoqubov




Yoqubov Bekjon (1893, Xiva — 1979) — oʻymakor usta, kandakor. Xivalik usta Karimdan meʼmorlik va naqqoshlikni oʻrgangan. Nurillaboy saroyini bezashda qatnashgan. Navoiy teatrining Xiva zalini usta Roʻzimat arbob, A. Boltayevlar bilan birga ganch oʻymakorligi bilan bezagan. Yo. yaratgan oftoba, choydish, patnis, mis kosa, qanddon, guldonlar xalq amaliy sanʼatining ajoyib namunalaridir. 1952-yildan Yo. asarlari respublika va xalqaro koʻrgazmalarda namoyish qilinadi, respublika va chet mamlakatlar muzeylarida saqlanadi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz