Bekjon Toshmuhamedov




Bekjon Oybekovich Toshmuhamedov (1935.27.1, Toshkent — 25.06.2020) — biolog,biofizik olim. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik (1987). Biol. fanlari doktori (1971), professor (1973). Atoqli yozuvchi Oybekning oʻgʻli. Moskva universitetning biol.tuproqshunoslik ftini tugatgan (1958), shu untda aspirant (1958— 61), ToshDUning biol:tuproqshunoslik ftida kichik ilmiy xodim (1962), biokimyo va biofizika kafedrasi dotsenti (1963—65), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi yadro fizikasi (1965—67) va Biokimyo instituti (1967—85) biofizika laboratoriya mudiri. 1979—86 yilda ToshDU biofizika va atrof muhit muhofazasi kafedrasi mudiri. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Fiziologiya institutida direktor (1985— 92), boʻlim boshligʻi (1998-yildan). Oʻzbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi raisi (1992—95). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Prezidiumi aʼzosi (1995-97). Asosiy ilmiy ishlari biologik membranalarning hosil boʻlishi va ularning boshqaruvchanlik roli, toksinlar, gormonlar, pestitsidlar, feromonlar, defoliantlar va boshqa biologik faol moddalarning membranaga taʼsir qilish mexanizmini oʻrganishga oid. YUNESKO qoshidagi "Inson va biosfera" milliy komiteti raisi (1998-yildan). "Oʻzbekiston biologiya jurnali" bosh muharriri (1996-yildan). Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1989).

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz