BEK NAZAG’



BEK NAZAG’ (19-asr) — tarixchi, “Amiri lashkar jangnomasi” nomli tarixiy asar muallifi. Bu kitob she’riy asar bo’lib, 1865 — 75 yillarda o’zbek tilida yozilgan. Asarda 1864 — 65 yillari Qo’qon xonligida bo’lib o’tgan voqealar, jumladan Qo’qon xonining lashkarboshisi Alimqul askarlari bilan rus qo’shini o’rtasida Toshkent va uning atrofi uchun bo’lgan janglar haqida ma’lumot berilgan. Asarning 1878 yilda ko’chirilgan qo’lyozma nusxasi O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik institutida saqlanadi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz