Bek Ali




Begali Eshonqulov (1992-yil 6-iyun; Samarqand viloyati Ishtixon tumani Chinoq qishlogʻi) — shoir, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi axborot departamenti „Vatanparvar“ gazetasida faoliyat yuritib kelmoqda. Shoir „Men axir senman“ va „Voh“ nomli sheʼriy toʻplamlar muallifi. „Xudoni besh mahal eslamasak ham“, „Bir tush koʻrdim“, „Koʻp narsa kutmasdim toleimdan ham“, „Ish kunlarining birida“, „Marsdan qaraganda“, „Gulijon“ va boshqa sheʼrlari ushbu kitoblardan joy olgan. Begali Eshonqulov 2023-yilda Shuhrat medali bilan taqdirlangan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz