Beijing Benz




Beijing Benz (rasmiy Beijing Benz Automotive Co., Ltd ) — Xitoyning Pekin shahrida joylashgan avtomobil ishlab chiqaruvchi BAIC Motor va Daimler AG qoʻshma korxonasi xisoblanadi.

U 1984-yilning yanvar oyida Xitoyning Pekin shahridagi BAIC Motor kompaniyasi va Amerikaning Michigan shtatida joylashgan Amerikan Motors Corporation (AMC) bilan qoʻshma korxona tashkil etilgan va kompaniyaga Pekin Jeep Corporation nomi berilgan. Bu Gʻarb kompaniyalar bilan Xitoy kompaniyalarining birinchi avtomobil ishlab chiqaradigan qoʻshma korxonasi edi. 1987-yilda AMC kompaniyasi Chrysler kompaniyasi tomonidan sotib olinganiga qaramay oʻz faoliyatini davom ettiraveradi, biroq 1998-yilda Germaniyaning Daimler-Benz AG avtomobil ishlab chiqaruvchisi Chrysler kompaniyasi bilan birlashganda soʻng, 2005-yilda AMC hamkorlikni tugatiladi.

2010-yilning mart oyida Jeep kompaniyasi GAC Fiat kompaniyasi boshqaruvi ostida Xitoy bozoriga qaytdi va kompaniya 2015-yildan boshlab Jeep Cherokee (K4) avtomobilini Changsha zavodida ishlab chiqara boshladi. 2018-yilda Jeep Commander / Jeep Grand Commander (K8) Changsha zavodida yigʻish uchun qoʻshilgan va bu avtomobil Xitoy bozorining eksklyuziv modeli xisoblanadi. 2016-yildan boshlab Jeep Compass (M4) va Jeep Renegade (BQ) Guangjouda ishlab chiqarilmoqda.

1987-yildan 1988-yilgacha Mercedes kompaniyasi birinchi boʻlib FAW (Birinchi avtomobil zavodlari) bilan qisqa muddatli qoʻshma korxonada ish olib borgan, bu yerda 828 dona Mercedes-Benz (W123) 200 va 230E Lang avtomobil modellari ishlab chiqarilgan, ularning aksariyati CKD toʻplamlaridan qilingan. Keyinchalik 2005-yil avgust oyida kompaniya qayta tashkil etildi, buning natijasida Mercedes-Benz Xitoy bozoriga Beijing Benz dab tanishtirildi va 2005 —-yil dekabrida oʻzining birinchi Mercedes-Benz E-Class avtomobilini ishlab chiqargan.

2016-yildan boshlab, Beijing Benz Mercedes-Benz E-Class (uzun gʻildirak bazasiga ega boʻlgan avtomobil) va C-Class avtomobil modellarini Xitoyda yigʻdi va soʻng ishlab chiqara boshladi.

Pekin bilan bir qatorda , Fujian provinsiyasining Fujian shahrida 2007-yilda tashkil etilgan Fujian Benz nomli shoʻba korxonasi mavjud boʻlib, 2011-yil aprel oyidan bu yerdaMercedes-Ben Vito va 2011-yil noyabr oyida Mercedes-Ben Sprinter kabi yengil tijorat transport vositalari ishlab chiqarilgan. Viano modeli Vito bilan bir oyda boshlanib, 2015-yil aprelda ishlab chiqarishi toʻxtatildi. 2016-yilning mart oyida V-Class avtomobillari ishga tushirilgan.

Tarix



Ushbu kompaniyaning tarixi Xitoyda birinchi Xitoy-xorijiy avtomobil qoʻshma korxonasi boʻlgan Beijing Jeep Corporation (BJC) ga borib taqaladi. Kompaniya kelajakdagi qoʻshma loyihalar uchun prototip boʻlib, BJC Xitoy jalb qilmoqchi boʻlgan boshqa investorlar uchun paydo boʻladigan siyosiy va iqtisodiy muammolarni ochib beradigan bir namuna boʻlgan.

Amaldagi Beijing Benz nomi 2005-yilda tashkil etilgan va hozirda Beiqi va Daimler AG kompaniyalariga tegishlidir.

American Motors



Beijing Benz dastlab Beijing Jeep Corporationdan kelib chiqqan boʻlib, 1984-yilda Xitoyning birinchi Xitoy-Gʻarbiy avtomobil ishlab chiqaruvch American Motors Corporation kompaniyasi bilan tashkil etilgan qoʻshma korxonasi xisoblanadi.

1979-yilda American Motors kompaniyasi Xitoyda oʻz avtotransport vositalarini sotish va Xitoyvgi arzon ishchi kuchiga ega boʻlish boʻyicha muzokaralarni boshladi. Oʻz oʻrnida Xitoy tomoni zamonaviy avtomobil ishlab chiqarish texnologiyalar kirib kelishini istagan va natijada Beijing Jeep ikki tomon extiyojini qondira olishi maʼlum boʻlgan va Pekinda American Motors kompaniyasi tomondan Jeep Cherokee (XJ) ishlab chiqarilishi boshlangan. AMC tomonidan qilingan dastlabki sarmoya $ 8 millionga teng edi. Cherokining yigʻilishi Chrysler American Motorsni sotib olganidan keyin ham davom etdi, shuningdek, klassik Beijing BJ212 rusumli SUV-lar ishlab chiqarildi.

Beijing Jeep tomonidan Xitoygi kiritilgan ilk toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalarning namunasi deb hisoblasa boʻladi. Buning natijasidagi xatolari va yutuqlari amaliy tadqiqotlar davomida oʻrganiladi va bunday akademik maʼruzalar baʼzan Beijing Jeepning marketing strategiyasini Shanxay Volkswagen bilan taqqoslashadi.

Chrysler



1987-yil Chrysler kompaniyasi American Motors kompaniyasini sotib olganda,, uning Jeep markasi kutilmagan Beijing Jeep brendi bilan oʻtdi. Keyinchalik Chrysler bir nechta modellari Jeep Grand Cherokee, Mitsubishi Pajero Sport va Mitsubishi Outlander, shuningdek Beijing Jeep tomonidan mahalliy ishlab chiqarilgan transport vositalarini oʻz ichiga olgan Xitoy kompaniyasining mahsulot qatoriga qoʻshildi.  2009-yil Chrysler kompaniyasi Mercedes-Benz modellarni ishlab chiqaruvchi kompaniyani sotib olish urinishga uringan, biroq bu natija bermagandan soʻng Beijing Jeep kompaniyasi Chryslerga tegishli emas edi. Germaniyaning Daimler kompaniyasi qoʻshilishning muvaffaqiyatsiz istiqboli aniq boʻlgandan keyin, Xitoy kompaniyasini istiqbolli loyiha sifatida oʻzida saqlab qoldi. 2006-yilda Jeep rusumli avtomobillarni mahalliy ishlab chiqarish toʻxtatildi. Endi yangi Jeep modellari Guangzhou Automobile Group va Fiat Chrysler Automobiles qoʻshma korxonasida ishlab chiqarilmoqda, bundan tashqari bu QK Chrysler va Jeep brendlarining hozirgi egasi xisoblanadi.

Daimler AG



Chryslerning Mercedes-Benz avtomashinalarini ishlab chiqaruvchi Daimler AG bilan qisqa muddatli hamkorligi davomida, Beijing Jeep zavodidagi ishlab chiqarish Mercedes-Benz markasi ostidagi modellarini qoʻshilishi hisobiga kengaytirilgan edi. Kompaniyaning rasmiy nomi Beijing Benz-DaimlerChrysler Automotive Co Ltd ga rasmiy marosimda oʻzgartirildi, bu marosim 2004-yil Germaniya kansleri Gerxard Shreder ishtirok oʻtdi. 2009-yilda Chrysler kompaniyadan chiqarilgach, uning nomi yana bir necha-yil yuridik nomida qoldi .

Kompaniya 2006-yilda Mercedes-Benz E-Class avtomobillarini va 2008-yilda C-Classni ishlab chiqarishni boshladi. 2008-yilga qadar Chrysler markalari ostidagi avtomobillar ishlab chiqarishni davom etdi. Bunga mahalliy ishlab chiqarilgan va import qilingan 300C va Sebring modellari kiradi.

2010-yilga qadar, E-Class avtomobillari yirik avtomobil qsimlaridan yigʻilgan boʻlib, mahaliylashtirish darajasi taxminan 30 % ni tashkil etgan.

Shu bilan birga, Daimler kompaniyasi FAW Group bilan birgalikda yaqinda toʻxtatilgan Mercedes-Benz W123 (200 va 230E) sedanlarini ishlab chiqarish boʻyicha hamkorlik qilgan, ammo bu mashinalar katta mashxurlikka olib kelmagan.

Faoliyatlar



Beijing Benz kompaniyasining Pekin iqtisodiy va texnologik rivojlanish zonasida ishlab chiqarish bazasiga ega. 2010-yilda yana bir zavod ochilgan. Yangi zavodning ochilishi Beijing Benzning potentsial ishlab chiqarish quvvatini-yiliga 300000 donaga oshirishiga olib keldi. 2013-yilda boʻlajak dvigatel ishlab chiqarish zavodi ishga tushishi rejalashtirilgan.

Shu bilan birga, Beijing Benz kompaniyasi Xitoy bozorida Mercedes brendi ostida sotiladigan barcha avtomobillarni ishlab chiqarmagan. Masalan, Mercedes-benz S-Class avtomobili Mercedes-Benz (Xitoy) Ltd kompaniyasi tomonidan import qilinadi.

2009-yildan boshlab, Beijing Benz mahsulotlari, Xitoy davlat amaldorlari, yaʼni vazirlar va viloyat rahbarlari kabi amaldorlar tomonidan foydalanish uchun sotib olingan.

2010-yilda sotuv hajmi 50 mingta avtomobilga yetishi kutilgan, ammo Mersedes-Benzning Xitoyda sotilishi, shu jumladan importi 150 000 ga yaqin edi. 2008-yilda Beijing Benz kompaniyasining ishlab chiqarish quvvati-yiliga 100000 dona deb baholandi, ammo bu raqam dvigatellar va transport vositalarini diskret deb hisoblashi mumkin edi va kompaniya avtomobillar sonining atigi yarmini ishlab chiqarishga qodir edi.

Modellar



Hozirgi ishlab chiqarish




Oldingi ishlab chiqarish (Beijing Jeep)




Oldingi ishlab chiqarish (Beijing Benz)




Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz