Behzod Toʻxtamurodov




Behzod Toir oʻgʻli Toʻxtamurodov  — oʻzbekistonlik texnolog va jamoat arbobi. 2022-yildan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati huzuridagi Yoshlar parlamenti raisi.

Biografiyasi



2018-yilda Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining „Mexanika“ fakulteti bakalavr bosqichini, 2020-yilda shu fakultet magistratura bosqichini tamomlagan.

2018-2020-yillarda O‘zbekiston-Yaponiya yoshlar innovatsiya markazining Mashinasozlik va materialshunoslik laboratoriyasida faoliyat yuritgan.

2020-yildan hozirgacha O‘zbekiston-Yaponiya yoshlar innovatsiya markazi direktorining tijoratlashtirish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelmoqda.

2019-yil dekabrda „Adolat“ sotsial-demokratik partiyasidan Toshkent shahar kengashiga deputat etib saylandi.

2020-yilda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati huzuridagi Yoshlar parlamenti aʼzosi etib saylangan. 2022-yil 8-mayda Yoshlar parlamenti raisi etib saylandi.

Loyihalari



2015-yilda texnologik sohalarda faoliyat yurituvchi „InnoGroup“ startap loyihasini boshlagan. Jamoa 3D-printerlarni ishlab chiqarish, 3D-laboratoriya xizmatlarini ko‘rsatish va polimerni eritish usulidan foydalangan holda 3D-printerlar uchun filoment ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi. 3D modellashtirish, dizayn, marketing, ishlab chiqish va boshqa sohalardagi mutaxassislardan iborat.

2018-yilda „StartUp tashabbusi“ yoshlar startup loyihalarini qo‘llab-quvvatlash Respublika dasturida birinchi, Belarus Respublikasi muhandislik va texnologiya universitetlarining VIII forumida ikkinchi o‘rinni olgan. 2019-yil „StartUp tashabbusi“ yoshlar startup-loyihalarini qo‘llab-quvvatlash Respublika dasturida va Belarus Respublikasida boʻlib oʻtgan IX muhandislik va texnologiya universitetlari forumida birinchi oʻrinni olgan.

„UzDelta“ 3D-printer loyihasini ishlab chiqish uchun Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomidan 1 milliard so‘m ajratilgan.

Mukofotlari



2019-yili Shuhrat medali bilan taqdirlangan.

Yana qarang




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz