Behzod Musayev
Behzod Anvarovich Musayev (1973-yil, Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri
(2021—2022), Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlanish boʻyicha oʻrinbosari (2020-2021), Oʻzbekiston davlat soliq qoʻmitasi raisi (2018-2020). 2022-yil 30-dekabrdan O‘zbekiston Respublikasi kambagallikniqisqartirish va bandlik vaziri lavozimiga tayinlangan.
Biografiya
1973-yil Toshkent shahrida tugʻilgan.
Taʼlim
1995-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini iqtisodchi mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan.
2004-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasining Oliy biznes maktabini biznes menejmenti mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan. Iqtisod fanlari nomzodi.
Mehnat faoliyati
1995—1998 — Oʻzbekiston Milliy banki xodimi, 1998—2006 — Moliya vazirligida ish olib borgan va boʻlim boshligʻigacha koʻtarilgan. Moliya vazirligida Behzod Musayev davlatning qimmatli qogʻozlar bozorini, soʻngra ilmiy va ijtimoiy muassasalarni moliyalashtirish ustidan nazoratni amalga oshirdi.
2006-yildan 2010-yilgacha Hisob palatasining raisi sifatida faoliyat olib borgan, 2010-yildan 2011-yilgacha davlat soliq qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari boʻlib ishlagan, 2018-yil mart oyida esa ushbu lavozimga qayta tayinlangan. 2018-yilning may oyidan boshlab davlat soliq qoʻmitasi rahbari lavozimini egallagan. 2020-yil 14-mayda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev farmoni bilan Bosh vazirning ijtimoiy rivojlanish boʻyicha oʻrinbosari etib tayinlandi. 2021-yil 11-noyabrdan Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri.
Nima uchun men iqtisodchini vazir qilib qo‘ydim? Transformatsiya jarayoni ketyapti. Biz sohadagi hisob-kitobni joyiga qo‘yishimiz kerak
— Shavkat Mirziyoyev, [7]
Mukofotlari
Manbalar
uz.wikipedia.org