Behzod Hoshimov




Behzod Alisherovich Hoshimov — oʻzbekistonlik koʻzga koʻringan iqtisodchi, bloger, kolumnist, „Mikrokreditbank“ kuzatuv kengashi aʼzosi. Oʻzbekiston davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi jamoatchilik kengashi aʼzosi. Telegram ijtimoiy tarmogʻidagi „Iqtisodchi kundaligi“ blogi, YouTubedagi „Hoshimov's Economics (Hoshimov Iqtisodiyoti)“ videoblogi, Kun.uz, Gazeta.uz va shu kabi Oʻzbekiston hududida ommalashgan axborot portallaridagi tahliliy maqolalari bilan tanilgan. U, shuningdek, Mamlakatlar tanazzuli sabablari: qudrat, farovonlik va kambagʻallik manbalari kitobining muharriri ham hisoblanadi. „Yuksalish harakati“ soʻrovnomasiga koʻra, Oʻzbekistondagi TOP 30 jamoatchilik faollari roʻyxatida qayd etilgan. O‘zbekistondagi oʻzgarishlarni qo‘llab-quvvatlash bilan shug‘ullanuvchi „Buyuk kelajak“ XNNTning sobiq aʼzosi.

Oilasi



Bobosi : Komil Hoshimov — Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan energetik

Otasi : Alisher Hoshimov — Korzinka supermarketlar tarmogʻi hammuallifi

Amakisi : Zafar Hoshimov — Oʻzbekistondagi Korzinka supermarketlar tarmogʻi asoschisi va rahbari

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz