BEHIGUL



BEHIGUL (Chaenomeles japonica)— ra’nodoshlar oilasiga mansub buta. Bo’yi 1,5—2 metr. Barglari to’garak yoki uzunchoq tuxumsimon. Erta bahorda barg chiqarmasdan yoki barg chiqarishi bilan gullaydi. Gullari qizil, pushti, ba’zan oq rangda to’p bo’lib (2-6 tadan) joylashadi. Vatani—Yaponiya va Xitoy. O’zbekistonda Behigulning erta bahorda gullaydigan turi xushmanzara o’simlik sifatida istirohat bog’lariga ekiladi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz