Behbudiy Nadim Mas’udzoda




Behbudiy Nadim Mas’udzoda  — (1929 — 1998) Samarqandda tugʻilgan. SAGU (Hozirgi OʻzMU) sharq fakultetining 1949-yil bitiruvchisi. Sharqshunos-filolog-eronshunos, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
1949-yildan Dushanbe pedinstitutida oʻqituvchi, aspirant, 1956-yildan katta oʻqituvchi; TojikDUda katta oʻqituvchi va dotsent; Tojikiston FA Til va adabiyot institutida katta ilmiy xodim va shevashunoslik sektorining mudiri; 1981-yildan umrining oxirigacha Samarqand pedinstituti va universitetida dotsent va kafedra mudiri.

Ilmiy yoʻnalishi



Shevasunoslik. 10 dan ortiq ilmiy-uslubiy ishlar muallifi.

Asosiy ilmiy ishlari



Nomz. diss. mavzusi: „Samarkandskiy govor“. — M., 1953.
1. Kratkiy sintaksis Samarkandskiy govora. — Dushanbe, 1960.
2. Sheva sharoitida adabiy tilni oʻrganish // Maktabi Soveti. -Dushanbe, 1962.
3. Malik-ush-shuaro Rudakiy tili xususida mulohazalar // Tojik tilshunosligi masalalari. — Dushanbe, 1964. — № 5.
4. Guftori adabi // Maktabi Soveti. — Dushanbe, 1971.
5. Russko-tadjikskiy slovar. — M.: Russkiy yazik, 1985. — v soavtorstve.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz