Begali Niyazaliyev




Begali Irisaliyevich Niyazaliyev (1958-yil, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olim, qishloq xoʻjaligi fanlari doktori, professor.

Biografiyasi



Begali Niyazaliyev 1958-yilda tugʻilgan. Millati oʻzbek, qishloq xoʻjaligi fanlari doktori (23.12.2016), professor (13.12.2019). 1980-yilda Toshkent qishloq xoʻjalik institutini tamomlagan. 1980—1990-yillarda Butunittifoq paxtachilik ilmiy-tadqiqot instituti kichik ilmiy xodimi, 1990—1994-yillarda Oʻzbekiston paxtachilik ilmiy-tadqiqot instituti oʻgʻitlar boʻlimi katta ilmiy xodimi, 1994—1997-yillarda Yalpi tahlillar laboratoriyasi mudiri, 1997—1998-yillarda Yangi va istiqbolli gʻoʻza navlari agrotexnikasi boʻlimi mudiri, 1998—2002-yillarda oʻgʻitlar boʻlimi mudiri, 2002—2006 va 2012—2014-yillarda Oʻzbekiston paxtachilik ilmiy-tadqiqot institutining ilmiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari, 2015-yili katta ilmiy xodim izlanuvchi, 2017—2021-yillarda Mineral, mahalliy, noanʼanaviy oʻgʻitlarni qoʻllash texnologiyalarini ishlab chiqish va ommaviy tahlillar laboratoriyasi katta ilmiy xodimi, loyiha rahbari. 2022-yildan Agrokimyo va yalpi tahlillar laboratoriyasi mudiri. Katta ilmiy xodim (1994).

Ilmiy faoliyati



1989-yilda „Paxtachilikda yangi mulchalash usulining samaradorligi“ mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini, 2016-yilda „Paxtachilikda organik va organo-mineral oʻgʻitlarni qoʻllash texnologiyasini takomillashtirish“ mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 230 ta ilmiy ish, jumladan, 90 ta ilmiy maqolalar muallifi. Ilmiy izlanishlari organik va organo-mineral oʻgʻitlarni mineral oʻgʻitlar bilan paxtachilikda qoʻllash samaradorligi boʻyicha izlanishlar oʻz ichiga oladi. Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 25 yilligi koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz