BEF (Fransuzcha bief) — suv havzasi, daryo yoki kanalning gidrotexnika inshootlari (to’g’on, shlyuz, GES va boshqalar) ga tutashgan qismi. Yuqorigi (oqim bo’yicha gidrotexnika inshootlaridan yuqorida joylashgan) va pastki (gidrotexnika inshootlaridan pastda joylashgan) xillari bo’ladi. Bir yoki bir necha gidrotexnika inshootidan hosil bo’lgan suv tizimining suvayirg’ichida yoki ochiq suv oqimida joylashgan Bef mustaqil Bef deyiladi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish