BEDRINTSEV KIRILL NIKOLAYEVICH



BEDRINTSEV KIRILL NIKOLAYEVICH (1907.1.4, Kerki – 1995.7.4, Toshkent) — iqtisodchi olim, O’zbekiston Fanlar Akademiyasi muxbir a’zosi (1962), O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1967), iqtisod fanlari doktori (1961), professor (1964). O’rta Osiyo davlat universitetining iqtisod fakultetini tugatgan (1929). 1930 — 40 yillarda O’zbekiston davlat rejalashtirish idoralarida ishladi. O’zbekiston Fanlar Akademiyasi iqtisod institutida katta ilmiy xodim (1943 — 49), ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtrish bo’limining rahbari (1950 — 85) va Respublika ishlab chikaruvchi kuchlarni o’rganish kengashi (SOPS) raisining o’rinbosari (1962 — 85). 1985 yildan O’zbekiston Fanlar Akademiyasi ishlab chiqaruvchi kuchlarni o’rganish kengash maslahatchisi. Ilmiy ishlari O’rta Osiyoda ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirish va rivojlantirish masalalariga bag’ishlangan. Beruniy nomidagi O’zbekiston Davlat mukofoti laureati (1974). “Shuhrat” medali bilan mukofotlangan (1994).

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz