Bedorlik (Vohidov asari)
„Bedorlik“ — oʻzbek shoiri Erkin Vohidov qalamiga mansub sheʼriy toʻplam. 1985-yil Toshkent shahrida Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyotida chop etilgan.
Toʻplamdagi sheʼrlar „Alvon lolalar“, „Kanada turkumidan“, „Donishqishloq latiflari“ hamda „Oltin devor“ turkumlariga boʻlingan. Oltin devor turkumida shoirning shu nomli va „Istanbul fojiasi“ dramalari ilk marotaba eʼlon qilingan.
Asarni nashrga tayyorlashda quyidagi shaxslar ishtirok etgan: M. Otajonova – muharrir, G. Hoshimova – rassom, A. Mamajonov – rasmlari muharriri, M. Mirrajabov – texnik muharrir, M. Abdusalomova – musahhih. Kitob adadi – 20 000 nusxa.
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org