BEDONA TUT



BEDONA TUT — tutsimonlar oilasi (tutdoshlar)ga mansub daraxt. Mevasi oq, shirin, urug’siz. Bargi ipak qurtiga ediriladigan “Vodil” va “Xorug'” xillari tarqalgan. “Vodil”, asosan, Farg’ona vodiysining tog’ etagi hududlarida (O’sh, Farg’ona, Andijon, Xo’jand va Jalolobodda) o’stiriladi. Mevasi yirik (18×10 millimetr), gektaridan 40 — 47 tsentner barg beradi. “Xorug'” Tojikistonda ko’p tarqalgan. Gektaridan 50 — 55 tsentner barg beradi. Mevasi yirik (21×11 millimetr), shirin, urug’siz. Kasallik va sovuqqa chidamli. Payvand qilib ko’paytiriladi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz