Bedřich Smetana




Bedřich Smetana (talaffuzi: Bedrjik Smetana; 1824. 2.3, Litomishl — 1884.12.5, Praga) — chex kompozitori, pianinochi, dirijyor, musika jamoat arbobi. Milliy opera va simfonik musika asoschisi. 1830-yildan pianinochi sifatida konsertlar bergan. 1850—70 yillarda dirijyor, pedagog, musiqa tanqidchisi. Pragada musiqa maktabi (1849), opera maktabi (1872)ni tashkil etgan. S. milliy ruxda yaratilgan "Brandenburgliklar Chexiyada" (1863), "Dalibor" (1867), "Libushe" (1872) kabi tarixiy va, ayniqsa, shoh asari — "Sotilgan kelin" (1866) hajviy operalari, "Mening Vatanim" simfonik poemalar turkumi va boshqalar bilan chex musiqasini jahonga tanitgan. "Sotilgan kelin" operasi Navoiy teatrida sahnalashtirilgan (1952). Chexiyada S. jamiyati (1930-yildan), Chexiya va Shvetsiyada S. muzeylari faoliyat koʻrsatmoqda. Pragadagi "Musiqa uyi", konsert zaliga S. nomi berilgan.

Manbalar





uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz