Beda yaprog'i (Fabergé tuxumi)
Beda yaprogʻi tuxumi 1902-yilda rus zargari Peter Carl Fabergé rahbarligida Rossiya podshosi Nikolay II uchun tayyorlangan zargarlik buyumlari bilan bezatilgan Pasxa (Masihning tirilishini nishonlash kuni edi) tuxumilaridan biri hisoblanadi.
Beda yaprogʻi tuxumiga Fabergé ustaxonasi ustalaridan biri Michael Perkhin tomonidan ishlov berilgan.
Beda yaprogʻi tuxumini Nikolay II oʻzining rafiqasi qirolicha Alexandra Feodorovnaga Pasxa sovgʻasi sifatida taqdim etdi. Hozirda
Beda yaprogʻi tuxumi Moskvadagi Kreml qurol-yarogʻ muzeyida saqlanadi.
Beda yaprogʻi tuxumi Rossiya inqilobidan keyin hech qachon sotilmagan bir necha imperator Fabergé tuxumlaridan biridir.
Dizayni
Beda yaprogʻi tuxumi tuxum shaklini hosil qiluvchi poya va barglarning ochiq naqshidan qilingan. Barglarning metall konturlari orasidagi boʻshliqlar shaffof yashil emal bilan qoplangan. Yoqutlar bilan qoplangan juda yupqa oltin lenta barglar orasidan jingalaklanadi. Oʻsha paytda shaffof emal ishlab chiqarish hali ham yangi usul edi va koʻpincha emalni sovutish paytida muammolarga duch kelingan.
Beda yaprogʻi tuxumining emalida hech qanday nuqson yoʻq, lekin u juda nozik hisoblanadi.
Oʻziga xos xususiyati
Beda yaprogʻi tuxumining oʻziga xos „sovgʻa“si yoʻqolgan. Ammo arxiv maʼlumotlariga koʻra,
Beda yaprogʻi tuxumining ichidagi sovg'asi yigirma uchta olmosli toʻrt bargli beda va podshohning toʻrtta qizi: Olga, Tatiana, Maria va Anastasianing toʻrtta miniatyura portreti edi.
Beda yaprogʻi tuxumining bo'yi 98 mm ni tashkil qiladi.
Yana qarang
Manbalar
Adabiyotar
Havolalar
uz.wikipedia.org