BBC talqiniga ko'ra eng zo'r 200 ta roman
The Big Read 2003-yilda Buyuk Britaniyada BBC (talaffuzi Bi-bi-si) tomonidan oʻtkazilgan kitoblar boʻyicha soʻrov boʻlib, xalqning barcha davrlardagi eng sevimli romanini aniqlash uchun Britaniya jamoatchiligining toʻrtdan uch milliondan ortiq ovoz yigʻilgan. Bir yil davom etgan soʻrov bugungi kunga qadar ommaviy kitobxonlik didi boʻyicha eng katta yagona sinov boʻldi va mashhurlar tomonidan oʻzlarining sevimli kitoblarini targʻib qiluvchi bir nechta dasturlar bilan yakunlandi.
Maqsadi
BBC Internet, SMS va telefon orqali tomoshabinlar tomonidan ovoz qabul qilish yoʻli orqali „Xalqning eng sevimli romani“ni aniqlash maqsadida The Big Read soʻrovnomasini boshladi. Mazkur soʻrovnoma adabiyotga goʻyoki sensatsion yondashuvni qoʻllagani uchun bahs-munozaralarga sabab boʻldi, biroq qoʻllab-quvvatlovchilar uni mutolaa boʻyicha jamoatchilik xabardorligini oshirayotganligi uchun maqtashdi. Britaniya jamoatchiligi dastlab oʻzlari xohlagan romanga ovoz berishdi. Shundan 200 tasining roʻyxati tuzilib, birinchi oʻrinda bitta muallifga faqat bitta kitobga ruxsat berilishi sharti bilan eng yuqori 21 tasi keyingi ovoz berish uchun qoʻyildi. Soʻrovnoma romanlarga asoslanganligi sababli, William Shakespearening pyesalari soʻrovda qatnashmadi.
Buyuk Britaniyadagi eng yaxshi 200 ta roman
Roʻyxatda bir nechta romanlari boʻlgan mualliflar
Top 25 talikdagi bir nechta romanlari
Birinchi bosqichda J.K.Rowlingning Harry Potter haqidagi barcha toʻrtta romani 25 ta yetakchilar orasidan joy oldi. J.R.R Tolkienning Middle-earth romanlari bilan ham shunday edi. Ikkinchi bosqichda turli mualliflarning 21 ta kitobi namoyish etildi: eng yaxshi 25 talikda Rowling o‘zining to‘rtinchi jildi — "Goblet of Fire" (tarjimasi Olov kubogi) va Tolkienning faqat "Uzuklar hukmdori" joy oldi. Bu ikki roman nihoyat beshinchi va birinchi oʻrinlarni egalladi; Rowling va Tolkienning boshqa yetakchiliklari 22-25-oʻrinlarda ham oʻz ifodasini topdi.
Top 50 talikdagi bir nechta romanlari
Top 100 talikdagi bir nechta romanlari
Top 200 talikdagi bir nechta romanlari
Shunga oʻxshash tanlovlar
The big read ga oʻxshash soʻrovlar boshqa mamlakatlarda ham oʻtkazilgan:
Boshqa roʻyxatlar:
Maʼlumotnomalar
Havolalar
uz.wikipedia.org