BAZIDIYALAR (Yunoncha basidon — asos) — bazidiyali zamburug’larning spora hosil qiladigan organlari; dikariot giflar uchida ikki yadroli hujayralardan hosil bo’ladigan to’g’nog’ichsimon bitta (xolobazidiya) yoki to’rtta (fragmobazidiya) hujayradan iborat. Rivojlanishiga ko’ra xalta (ask)ga o’xshab ketadi. Bazidiyalarda jinsiy jarayon sodir bo’ladi, ya’ni dikarionlar yadrolari qo’shiladi va diploid yadro reduktsion bo’linadi, so’ngra 2 — 4 ta bazidiosporalar shakllanadi. Bazidiosporalar Bazidiyalardan tashqarida hosil bo’lishi bilan askosporalardan farqlanadi. Bazidiosporalar qulay muhitga tushgach yangi miseliy hosil qiladi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish