Bazaviy hisoblash miqdori




Bazaviy hisoblash miqdori (2019-yilgacha — Ish haqi minimumi , eng kam ish haqi ) — mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar mamlakatdagi barcha korxonalar, tashkilotlarda mehnatga toʻlanadigan haqning davlat tomonidan rasmiy belgilangan eng kam miqdori. Oylik ish haqi minimumi stavkalari yoki soatbay haq shakllarida joriy etiladi. Oʻzining iqtisodiy-ijtimoiy mazmuniga koʻra, Ish haqi minimumi insonning munosib turmush darajasining eng quyi chegarasini belgilaydi. Ish haqi minimumi hayot vositalarining minimal qiymatiga toʻgʻri keladi va amaldagi qonunlar boʻyicha maʼlum davr mobaynida (odatda bir oy davomida) insonning yashashi uchun kerak boʻlgan hayot vositalari minimumini sotib olishga (minimal isteʼmol byudjetini qoplashga) yetishi lozim. Ish haqi minimumim. har doim ham tirikchilik minimumiga boglik boʻlmay, muayn davrlar uchun davlatning moliyaviy imkoniyatlariga qarab, mamlakatning oʻz iqtisodiyoti va xususiyatlarini hisobga olgan holda belgilanishi va davriy oshib borishi mumkin. Ish haqi minimumim. jahon mamlakatlarida Xalqaro mehnat tashkilotining Konvensiyalari (Minimal ish haqini belgilash amaliyotini yaratish toʻgʻrisidagi konvensiya va Minimal ish haqini rivojlanayotgan mamlakatlarni alohida hisobga olgan holda belgilash toʻgʻrisidagi konvensiya) talablariga rioya qilgan holda tartibga solinadi. Inflyasiya jarayonida Ish haqi minimumi m. ni indeksatsiyalash hukumatning maxsus qarorlari bilan amalga oshiriladi. Davlat soliqlari, toʻlovlar, jarimalarni hisoblashda, jismoniy shaxslardan undiriladigan daromad soligʻi darajalarini belgilashda ham Ish haqi minimumi baza tarzida foydalaniladi. Oʻzbekistonda 1992-yildan boshlab joriy qilingan..

Oʻzbekiston Respublikasida shu vaqtgacha boʻlgan davrda eng kam ish haqi oʻsib borishi shkalasi

Manbalar





uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz