Bazalioma




Bazalioma — teri oʻsmalarining bir xili, teri karsinomasi; teri bezlari epitelial hujayralaridan paydo boʻladi. Yuzda, baʼzan qoʻl-oyoq yoki boshqa joyda vujudga kelib, teridan sal koʻtarilib turadi; asta-sekin kattalashib yaraga aylanadi, qichishadi va yara usti poʻst bilan qoplanadi. Oʻrta yoshdagi va keksa kishilarda koʻproq uchraydi. B.ning xavfli turi regionar limfa tugunlariga, keyinchalik ichki aʼzolarga metastaz berishi bilan farqlanadi. Rentgenoterapiya, elektrokoagulyatsiya va jarroxlik usuli bilan davolanadi.

Adabiyotlar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz