BAZAL TANACHA — hujayra ichidagi zichlashgan tuzilma; bir hujayrali organizmlarda har bir xivchin va tuk asosida, shuningdek ko’p hujayrali organizmlarning to’qima hujayralarida va spermatozoidlarda bo’ladi. Odatda tsilindr shaklida bo’lib, uzunligi qariyb 0,5 mkm, diametri 0,1 — 0,2 mkm. Bazal tanacha tsentrioldan vujudga kelsa kerak (masalan, spermatidalarda tsentriolning Bazal tanachaga aylanishi kuzatiladi). Bazal tanacha xivchinli bo’la oladi va tsentriol kabi hujayraning bo’linish duki hosil bo’lishida qatnashadi. Bazal tanacha ba’zan blefaroplast deb ataladi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish