Baza detal




Baza detal , asos detal —1) mashina va mexanizmlarning uzel va detallarini biriktirishga hamda ularning bir-biriga tik (perpendikulyar) uchta koordinata tekisligida harakatlanishiga imkon beradigan detal. Baza detal mashina yoki mexanizmni yigʻishda asos hisoblanadi. Masalan, stanok staninasi, avtomobil ramasi (shassisi), reduktor tanasi (korpusi) va boshqa; 2) asosan zavod, sexlarni loyihalashda ishlab chiqarishning shartli dasturini aniqlash uchun zarur boʻladigan, buyumlar guruhining konstruktiv, texnologik va boshqa tafsilotlarini ifodalaydigan asosiy tipaviy detal.

Adabiyotlar





uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz