BAYZO (Arabcha — oq rangli, yaltiroq) — qadimgi po’latning bir turi. Sifat jihatdan Isfahon po’latidan so’ng 2-o’rinda turadi. Bayzo olish uchun teng miqdordagi temir va oddiy po’lat o’tda qizdirilib, sandonga ikkisi ustmaust qo’yiladi, bolg’a va bosqon bilan urib yoyiladi. Sovigach, yana qizdirilib, buklab, urish davom ettiriladi. Bu jarayon temirning taxm. o’ndan bir qismi po’lat jismiga singunga qadar davom ettiriladi. Shunda u yaltirab, “xol” tashlab turadi. Bayzodan pichoq, qilich, xanjar tig’lari yasalgan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish