Bayzaq tumani
Bayzaq tumani — Jambul viloyatining janubiy qismidagi maʼmuriy hudud. Yer maydoni 4,500 km. Aholisi 94,7 ming kishi, oʻrtacha zichligi 1 km-ga 21 kishidan toʻgʻri keladi (2014). Tuman markazi — Sarikemer qishlogʻi.
Aholisi
2014-yilgi statistika boʻyicha tuman aholisi 94,7 ming kishini tashkil qildi, oʻrtacha zichligi 1 km-ga 21 kishidan toʻgʻri keladi (2014).
Miliiy tarkibi
Tuman aholisi koʻp millatli hisoblanadi, tuman aholisining yarmidan ziyodini qozoqlar tashkil qiladi. Bayzaq tumanining milliy tarkibi quyidagicha (2014):
Tarix
1938-yil 14-fevralda Sverdlov nomi bilan tashkil topdi. 1995-yilda tuman nomi Bayzaqqa oʻzgartirildi.
Iqlimi
Iqlimi keskin kontinental, qishi ancha sovuq, yozi issiq va qurgʻoq. Yanvar oyining oʻrtacha yillik harorati –6°С –9°С, iyul oyining yillik oʻrtacha harorati 23°С-26°С. Yogʻingarchilikning oʻrtacha yillik miqdori 150–300 mm.
Ijtimoiy soha
Bayzaq tumanida umumiy bilim beruvchi 43 ta maktab, 3 ta bolalar bogʻchasi, 16 ta madaniyat uylari va klublar, 20 ta kutubxona, stadion, 2 ta kasalxona, shifoxona va boshqalar faoliyat yuritmoqda.
Manbalar
uz.wikipedia.org