Baytu-l-mol
Baytu-l-mol (arab. “mol-mulk uyi”) - musulmon
mamlakatlarida davlatga tegishli molning muhofaza
qilinishini ta’minlaydigan, davlat xazinasini tashkil
etadigan hamda moliyaviy ishlarni tartibga soladigan
huquqiy maqomga ega bo‘lgan moliyaviy-idoraviy tashkilot
hisoblangan. Baytu-l-molni dastlab xalifa Umar ibn al-Xattob (ra) ta’sis qilgan. Undagi boyliklar asosan xiroj, jizya, zakot,
hums kabi soliklardan to‘plangan. Baytu-l-mol davlatning har qanday
moliyaviy ishlarini, xususan, kirim-chiqim, maoshlar kabi
masalalarni tartibga soladigan mustaqil tashkilot bo‘lgan.
Manbalar
Adabiyotlar
uz.wikipedia.org