Baytqo'rg'oniy




Baytqoʻrgʻoniy — oʻrtapishar qovun navi (Toshkent shahri yaqinidagi Baytqoʻrgʻon qishlogʻi nomidan). Shakli tuxumsimon, yirik, uz. 30 — 36 sm, ogʻirligi 4 – 6 kg . Sirti tekis, dagʻalroq, yoppasiga toʻr bilan qoplangan, tusi sariq. Poʻsti qalin, eti oq, yumshoq, sershira, qalinligi 4,5 — 5 sm. Urugʻi unib chiqqanidan soʻng 85 — 93 kunda pishadi. Tarkibida 7,3 — 9,4% qand bor. Hosildorligi 200 — 300 s.ga. Uzoq joylarga yuborish va saqlashga chidamli. B. Toshkent, Sirdaryo va Buxoro viloyatlarida ekiladi (qarang Qovun).

Manbalar






uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz