BAYSEITOVA KULASH



BAYSEITOVA KULASH (Gulbahrom) (1912.19.4 (2.5) – Olmaota – 1957.6.6) — qozoq opera xonandasi (lirikkoloraturali soprano). Toshkent davlat konservatoriyasida ta’lim olgan. Qozoq drama teatri (1930 — 34), musiqali teatr (1934 — 37), qozoq opera va balet teatri (1937 yildan) da ishlagan. Kizjibek (“Qizjibek”), Xadicha (“Jalbir”), Akjunus (“Er Targin”), Ajar (“Abay”), Sora (“Birjon va Sora”) va boshqa partiyalarning birinchi ijrochisi. Birinchi bo’lib qozoq opera sahnasida mumtoz opera qahramonlarini (Tatyana, “Yevgeniy Onegin”, Chiochiosan, “Madam Baterflyay”) yaratgan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz