Bayramxon




Bayramxon (asl ismi Muhammad Bayramxon ibn Sayf Alibek) (? — 1561.1.2) — boburiylar davri siyosiy arboblaridan, shoir. Akbarjon otaligʻi (qarang Otaliq). Turkmanlarning qora qoʻyunli urugʻidan. Yoshligida Badaxshonda boburiylar xizmatiga kiradi. 1534-yil muhrdorlik mansabiga tayinlanadi. 1540-yil Shershoh isyoni sababli Humoyun bilan Eronga ketadi va 1545-yil Humoyunning inilari Mirzo Askariy va Komronlardan Qandahor hamda Kobulni qaytarib olish uchun qilingan urushda qatnashadi. B. shundan soʻng 10 yilcha Qandahorda yashaydi va badiiy ijod bilan shugʻullanadi. 1555-yil "Xoni honon" (bosh xon) unvoniga sazovor boʻladi. B. hajga ketayotib Gujarotning Patton degan joyiga yetganda lohani urugʻidan boʻlmish Muborakxon tomonidan oʻldirilib, dastlab Shayx Husomiddin maqbarasiga dafn etilgan, keyinchalik uning xoki Dehliga, 1563-yilda esa Mashhadga keltirilib, Imom Rizo maqbarasi yoniga qoʻyilgan. B.ning turkiy, forsiy tillardagi sheʼrlaridan iborat devoni bizgacha yetib kelgan.

Adabiyotlar





uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz