Bayram Mustafoyev
Bayram Baxtiyar o'g'li Mustafoyev ( ozarbayjoncha: Bayram Bəxtiyar oğlu Mustafayev) — ozarbayjonlik paralimpiya dzyudochisi, 66 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida va B2 ko‘zi ojizlar toifasida ishtirok etadi, ikki karra jahon (2014 va 2018-yil) va Yevropa (2011, 2013 va 2015-yil) chempioni. 2011-yilgi Butunjahon o‘yinlari ishtirokchisi (5-o‘rin) . Londonda bo‘lib o‘tgan 2012-yilgi Paralimpiya o‘yinlarida va Rio-de-Janeyrodagi 2016-yilgi Paralimpiya o‘yinlarida Ozarbayjon sharafini himoya qilgan va kumush medalni qo‘lga kiritgan.
2016-yil sentyabr oyida Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning farmoni bilan Rio-de-Janeyroda o‘tkazilgan XV yozgi Paralimpiya o‘yinlarida erishgan yuksak yutuqlari, shuningdek, Ozarbayjon sportini rivojlantirishga qo‘shgan xizmatlari uchun Mustafoyev III darajali “Vatanga xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlanadi .
2017-yilgi Yevropa chempionatida Mustafoyev kumush medalni, xudi shu yili Bokuda o‘tkazilgan “Islom birdamlik o‘yinlari”ning kumush medali sovrindori bo‘ladi va finalda hamyurti Elchin Tolibovga imkoniyatni qo‘ldan boy beradi .
2018-yilda u Portugaliyadagi jahon chempionatida ishtirok etib, 66 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida chempion bo‘ladi. Mazkur yil chempionatda Ozarbayjon erkaklar jamoasi tarkibida Mustafoyev jamoaviy turnirning bronza medaliga sovrindori bo‘ladi .
2019-yilda Genuya shahrida Mustafoyev o‘z vazn toifasida (66 kg gacha) ko‘zi ojizlar va zaif ko‘ruvchilar o‘rtasidagi Yevropa chempionatida g‘alabaga erishadi, shuningdek, Ozarbayjon aralash jamoasi tarkibida ham Yevropa chempioniga aylanadi .
Manbalar
uz.wikipedia.org