Bayraklı




Bayraklı  — Turkiyaning Izmir viloyatiga qarashli tuman. Tumanning shimoli-gʻarbiy va shimolida Karşıyaka, sharqiy va janubiy qismida Bornova, janubiy-gʻarbida Konak tumani, gʻarbida Izmir koʻrfazi joylashgan. 5747-sonli qonunga koʻra Büyükşehir Meriyasi chegarasi ichida yangi tumanlar vujudga kelishi va baʼzi qonunlarga kiritilgan oʻzgarishlar natijasida 2008-yil 6-mart kuni Bayraklıga tuman maqomi berilgan. Bu boradagi xabar 26824-sonli Resmî Gazete hukumat gazetasida eʼlon qilingan.

Tarixi



Izmirga asos solganlar mil. Avv.3000-yillikda Bayraklıda yashagan xalq ekanligi olib borilgan tadqiqotlar natijasida aniqlangan. Manbalar shuni taʼkidlaydiki, Tosh davriga oid ibtidoiy baʼzi manzilgohlar ham Izmir atrofida joylashgan. Qadimiy afsonalarga koʻra, Bayraklıga joylashishdan minglarcha yil avval qurilganligi taxmin qilinuvchi shahar Xudolarning qahriga uchrab zilzila yuz berishida soʻng oʻrnida koʻl paydo boʻlgan. Bu shahar Yamanlar togʻining Karagöl atroflarida joylashganligi taxmin qilinadi. Ilk Izmirlik aholining oʻz shaharlarini Bayraklıda qurganligi taxmin qilinadi. Hozirgi kunda Bayraklıga yaqin joyda topilgan Tekel Şarap Fabrikası bogʻlarining ichida joylashgan 150 km kattalikdagi Tepekule nomli bir tepa (eski nomi Hacı Mutço tepasi), bundan 5000-yil avval Luwi yoki Lelej deb atalgan eng qadimiy Izmirlik aholi tomonidan qurilgan ilk manzilgoh boʻlgan. Bundan keyingi davrlarda mil. Avv 1000-yillarda Tepekule, qoyali bir zaminga ega edi. Izmirliklar oʻz uylarini ushbu qoyali yerlar atrofida qurganlar. Megaron uslubi deya ataluvchi ushbu uylarning poydevori toshdan, tepa qismi esa gʻishtdan bunyod qilingan edi. Yer toʻshamalari va devorlari eng nafis eritmalar bilan suvalgan edi. 370 metr balandlikdagi Tepekule madaniy yodgorligi, Troya madaniy yodgorligi bilan tengdoshdir. 2009-yilda boʻlgan maʼmuriy-hududiy oʻzgarishlardan soʻng Bayraklı Karşıyaka tumanidan ajralib, alohida tuman statusiga ega boʻlgan. 2020-yil oktyabrda yuz bergan Egey Dengizi zilzilasi tumanda fuqarolar oʻlimi hamda turli vayronagarchiliklarga sabab boʻlgan.

Joylashuvi



Bayraklı dengiz sathidan 30 km balandlikda joylashgan. Tumanning shimoliy va shimoli-gʻarbiy qismida Karşıyaka, janubi va sharqida Bornova, janubi-gʻarbida Konak tumanlari, gʻarbida Izmir koʻrfazi joylashgan.

Aholisi




Boshqaruvi



Hukumat boshliqlari

Infratuzilmasi



İZBANning Bayraklı vokzali, Izmir halqa yoʻli, Bayraklıning shimolidan oʻtadi. Tumanga borish İZBAN poyezdlari va ESHOT avtobuslari tomonidan amalga oshiriladi. Tumanda besh dona Bisim poyezdi mavjud. 2016-yildan avvalgi yillarda İZDENİZ paroxodlari Bayraklı Vapur İskelesi portiga qatnab turishgan. Izmir poyezdining M2 Yoʻnalishini Bayraklıga qadar uzaytirish rejalashtirilmoqda.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz