Bayonqulixon maqbarasi




Bayonqulixon maqbarasi — Buxoroda qurilgan Oʻrta Osiyo meʼmorchiligining noyob namunasi (14-asr oʻrtasi). Maqbara 1358-yilda Buxorodagi shayxul olam Sayfiddin Boharziy maqbarasi yaqinida Chigʻatoy ulusi xoni Bayonqulixon qabri ustiga qurilgan. Maqbara binosi moʻjaz va serhasham. Ayniqsa peshtoqi mayda va nafis naqshga, sirkor bezaklarga boy. Ichkarisi gumbazli, sirkor bezakli ziyoratxona va kichik goʻrxonadan iborat. Ular lojuvard, feruza, oq rangli, islimiy va girih naqshli oʻymakor sopol parchinlari bilan ishlangan. Oʻrta Osiyo maqbaralaridagi mana shunday rangdor manzarali bezak uslubi Shohizinda ansambli (Samarqand)da yanada rivoj topgan. Bayonqulixon maqbarasi Amir Temur davri meʼmorligining ilk namunalaridan hisoblanadi.

Adabiyotlar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz