Bayon Sulduz




Bayon Sulduz (?-1361) - Chigʻatoy ulusi beklaridan, asli sulduz urugʻidan. Amir Qazagʻon oʻldirilgach (1358), Movarounnahr taxtiga oʻtirgan uning oʻgʻli Abdulloni jangda yengib, hokimiyatdan chetlatgan va mamlakatni amir Hoji Barlos bilan birga boshqargan. Biroq B. S. maishatparast boʻlganligi sababli davlatni boshqarishning uddasidan chiqolmagan. Bundan foydalangan Mugʻuliston (Jeta) xoni Tugʻluq Temur Movarounnahrga ikki karra — 1360, 1361-yillari bostirib kelgan va B. S.ni qatl qildirgan.

Adabiyotlar





uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz