Baynalmilal jangchi yodgorligi Ijevsk




Baynalmilal jangchi haykali  — Izhevsk shahrida, shaharning Bolalar va oʻsmirlar ijod saroyi maydonida oʻrnatilgan. Saroy Oktabr tumanidagi Militsionnaya va Kirov koʻchalari kesishmasi yaqinida joylashgan. U dunyoning „qaynoq nuqtalarida“ vafot etgan Udmurtiya fuqarolari xotirasiga bagʻishlangan.

Tarixi



Bronzadan yasalgan 2 metrlik haykal askarning tosh ustida oʻtirgan, qoʻlida avtomat qurol tutgan aksini mujassamlashtirgan. Haykal yonida ikkita peshtaxta oʻrnatilgan boʻlib, lavhalarda turli qaynoq nuqtalarda halok boʻlgan Udmurtiya fuqarolarining nomlari bitilgan. Ular soʻnggi oʻn yilliklardagi urushlar qurbonlaridir. Yodgorlik muallifi haykaltarosh Vladimir Kurochkin. Keyinchalik yodgorlik yonida BTR-60 harbiy transporti ham oʻrnatildi.

Taʼkidlash kerak, ilgari ushbu haykal oʻrnida baynalmilalchilar xotirasiga atalgan boshqa bir mavhum yodgorlik oʻrnatilgan boʻlib, u faxriylarga yoqmagan va natijada olib tashlangan. Yangi haykal 2009-yil 12-fevralda Sovet qoʻshinlarining Afgʻonistondan olib chiqib ketilganining 20-yilligi munosabati bilan oʻrnatilgan. Atrofdagi hududlar obodonlashtirilgach, 2010-yil 15-sentabrda baynalmilalchi askarning yangi haykali tantanali ravishda ochilgan. Yodgorlikning ochilish marosimida qurol-yarogʻ konstruktori M. T. Kalshnikov, Udmurtiya hukumati raisi Yu. S. Pitkevich, V. V. Balakin, shuningdek, faxriylar va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etdi. Yodgorlik Ijevsk va Udmurt yeparxiyasining ruhoniylari tomonidan muqaddaslashtirilgan, shundan soʻng 251 ta sham yoqilgan. Yodgorlik poyiga esdalik gulchambarlari va gullar qoʻyilgan.

Yodgorlik yaqinida atrofni tozalash va haykalni yuvish maqsadida shanbaliklar tashkil etiladi. Uning atrofida baynalmilalchilarni xotirlash kunlari oʻtkazib turiladi.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org



Uzpedia.uz