Bayera




Bayera (Baiera) — ginkgodoshlar oilasiga mansub qad. oʻsimliklar turkumi. Bargi dixotom tomirli, yarim toʻgarak yoki keng pona shaklida, asosigacha ayri shoxlanib, bir necha marta boʻlingan. Bargining ustki va ostki epidermis hujayralari va barg (ogʻizcha)lari har xil tuzilgan. B. bargining boʻlinishi va tomirlanishiga binoan turlarga ajratiladi. 20 ga yaqin turi maʼlum, shundan 3 tasi Oʻzbekistonning Fargʻona vodiysida oʻsganligi isbotlangan. Qolgan turlari yer sharining shim. yarmidagi deyarli hamma davlatlarning yura, boʻr qatlamidan topilgan.

Adabiyotlar





uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz